SOVUTGICH KAMERALARINI
LOYIHALASHTIRISH VA MONTAJ QILISH

BATAFSIL

SOVUTISH QURILMASINI
YIG’ISH VA MONTAJ QILISH

BATAFSIL

TOM UCHUN MINERAL PAXTA ISITGICHLI SENDVICH PANELLARI.

Tom sendvich panellari — bu turli hildagi va turli maqsadda qurilgan binolar tom qurilmasi uchun universal material, asosiy hususiyatlariga ovoz va issiqlikni izolyatsiya qilish xususiyatlari, salbiy qarshi ta’sirlarga bardoshliligi, mexanik mustaxkamlik, ishonchlilik va chidamliligi kiradi

Bazalt tola eritilgan silikat tog’ jinslaridan, shlak yoki ular birikmasidan ishlab chiqariladi. Odatda, mineral paxtali panellar murakkab bo’lmagan imoratlar qurishda aktualdir. Mineral paxtaning afzalligi, ochiq olovda alangalanmasligidir, u beqiyos ravishda issiqlik va shovqinni o’tkazmaslik xususiyatiga ega, xarorat o’zgarishlarni, aggresiv moddalar ta’sirga chidamli.

Yuqori va pastki qatlam sifatida quyidagi o’lchamdagi — 0,40 mm dan — 0,50 mm gacha bo’lgan yupqa-qatlamli polat va ishlov berilgan metal qo’llaniladi.

Devoriy konstruksiyalar qurilishi nihoyasiga yetkazilgandan so’ng tom sendvich-panellari maxkamlanadi. Ta’kidlash joizki, tom panellari profillangan bo’rtmalar evaziga bir-biri bilan ishonchli bog’lanadi, bu o’z navbatida namlik o’tishi ehtimolini butunlay bartaraf etadi, qatlamlarning juda mustahkam va qattiq bo’lib birlashishi keyinchalik chok tushishi va chakki ketish havfini butkul bartaraf etadi.

Umuman olganda, tom konstruksiyasini yig’ganda juda ishonchli, deyarli yaxlitlikni tashkil etadi, va bu panellarni birlashtirish texnologiyasini ta’minlaydi — yuqori qismini chokiga tushirish, pastki qismini esa “ship-paz” qulfi yordamida birlashtiriladi.

TOM UCHUN PENOPOLISTIROL ISITGICHLI SENDVICH PANELLARI.

Penoplast bu qulay, kam-chiqim, tejamkor va toksik bo’lmagan g’ovakli strukturaga ega xom-ashyo, o’zini tashqi tarafdan isituvchi, yahshi xom-ashyo sifatida tanilgan. Penopolistiroldan tayyorlangan sendvich panellar, nisbatan yengil vaznga ega, tom qurishda bu eng muhim omildir (butun tom konstruksiyasidagi bosimni kamaytiradi) va tabiiy-ki qurish jarayonini osonlashtiradi. Tom sendvich-panelining, vaznining kamligi, namlik o’tkazmaydigan va mustaxkam xom-ashyoni talab etuvchi inshoot konstruksiyalari uchun beqiyosdir. Penoplast sendvich panellari montaj ishlarini olib borishning soddaligini ta’minlaydi.

Metaldan yasalgan penopolistirol isitgichli tom sendvich-panellar deyarli namlik o’tkazmaydi, chirimaydi, siqilishga chidamlilik bo’yicha ijobiy ko’rsatkichga ega, nisbatan yengil vaznga ega.

Aynan shu sababga ko’ra ulardan namligi yuqori binolarni qurishda foydalaniladi (avtomobil yuvish shaxobchalarida, oziq-ovqat maxsulotlarini qayta ishlash ustaxonasi, go’sht, baliq, parranda va h.k.), turli savdo obyektlari, vaqtinchalik inshootlar (qurilish shtablari, maishiy shaxarchalar va h.k.)

Panellarni montaj qilishda ko’tarma mexanizmlardan foydalanmagan holda yoki minimal yuk ko’tarish quvvatiga ega texnikadan foydalanish. Penopolistiroldan tayyorlangan metal tom yopish uchun sendvich panellari — bu shuningdek mustaxkam material bo’lib, issiqlik o’tkazish ko’rsatkichlari past bo’lgan xom-ashyodir.

TOM UCHUN PENOPOLIURETAN ISITGICHLI SENDVICH PANELLARI.

Uch-qavatli — trapetsiya-shaklli penopoliuretan isitgichli tom sendvich-panellari (PUR). Tom qoplamasi sifatida barcha turdagi binolarning tomining og’ish burchagi 5-7°dan ko’p bo’lmagan taqdirda qo’llaniladi.

Zanglashga chidamlilik, issiqlik izolyatsiya qilish bo’yich beqiyos xususiyatlariga ega.

Tuzilishi

Strukturaviy tom sendvich-paneli uch qavatli qurilma bo’lib. Panelning tashqi qatlamlari himoya qoplamasi va gardishdan iborat.

Tom panelining gardishi rux bilan ishlov berilgan 0,40-0,55 mm polat listlardan tayyorlangan. Himoya qoplamasi sifatida 0,5 mm polietilen plyonka qo’llaniladi, bu tom panellarini mexanik shikastlanishlarni oldini oladi. Ichki qatlamda listlar orasidagi bo’shliq, penopoliuretan bilan to’ldirilgan, u yuqori sifatli issiqlik-izolyatsiya qiluvchi hom-ashyo vazifasini bajaradi.

Tom sendvich-panellarining dizayni

Asosiy parametrlari:

  • Profilning yuza qismining bir tomonida qattiq qovurg’a ko’rinishadgi trapetsiya shaklidagi 40mm balandlikdagi bo’rtmalar mavjud, boshqa tomonida esa — mikroprofil botiqligi 1,5 mmni tahshkil etadi.
  • To’ldirish uchun: qattiq penopoliuretan foydalaniladi (PUR, PIR)
  • Kengligi: 0,96 mm
  • Uzunligi: 12 000 mmgacha
  • Qalinligi: 60, 80, 100 mm.

MINERAL PAXTA ISITGICHLI  DEVOR SENDVICH PANELLARI

Bazalt tolali (mineral jun) sendvich panellarning asosiy afzalligi yuqori haroratga chidamliligidir. Bu o’z toifasidagi yagona materialdir, o’t-olmaydigan sertifikatiga ega.

Turli ixtisosliklarga mo’ljallangan tez quriluvchi binolar uchun mineral junli panellar talabgirdir. Tashish va saqlash, qurish-montaj ishlarini olib borishni osonlashtiruvchi omil bu konstruksiyaning yengil vaznidir.

Mineral paxtali panellarning afzalliklari:

Mineral paxtaga ishlov berish jarayonining soddaligi: u oson kesiladi va montaj uchun qulay. Ushbu xom-ashyo yengilligi tufayli noodatiy loyihaviy yechimlarini amalga oshirish imkonini beradi.

Bazalt tolani qo’llanilishi uning afzalliklaridan foydalanish imkonini yaratadi:

  • o’tda yonmaslik. Mineral paxta yonish jarayonidan holi va yong’inga chidamlidir.
  • past issiqlik o’tkazuvchanligi. Shu tufayli binoda yilning xar qaysi faslida ham qulay mikro-iqlim hosil bo’ladi;
  • mexanik mustahkamlik. Tolalarning vertikal joylashuvi o’ta qattiqligi bilan ajralib turadi. Xom-ashyo yemirilishga chidamli;
  • bug’ o’tkazmaydi. Bazalt isitgichli sendvich-panellar namlikni o’tkazmaydigan va bug’ni qaytarmaydigan qilib ishlangan;
  • shovqin o’tkazmaslik kabi jihatlarni o’z ichiga oladi. Material tarkibidagi teshiklar, ko’cha shovqinini yutishni ta’minlaydi;
  • Yuqori haroratga chidamli. Bazalt tolalar hatto 10000C haroratda ham yemirilmaydi, va bu mexanik bosimni ta’sir etmasligini bildiradi. Material erimaydi va toksin ajratmaydi.

PENOPOLISTIROL ISITGICHLI DEVOR SENDVICH PANELLARI

Penopolistroldan yasalgan isitgichli sendvich-panellar eng yahshi issiqlik saqlovchi xom-ashyolardan biri. Ular, turli-tuman iqtitoslikka ega bo’lgan binolarning qo’rg’onlovchi devorlar montaji va turli tom konstruksiyalarini qurish-montaj ishlarida qo’llaniladi.

Zamonaviy qurilish amaliyotida texmarkazlar va angarlar, omborlar va savdo-ko’ngil ochar majmualar, do’kon va pavillionlar, PPS sendvich panellardan qurilishi odatiy amaliyot turiga aylangan.

Penopolistirolli sendvich-panellar yengli ekanining sababi, penolpolistirolning o’zi 98% havo massasidan iboratligidir. Penopolistrolli sendvich-panellarni montaj qilishning qulayligi, yengil vazni, ishlov berish uchun qulayligi va shikastlarga chidamliligi

PPS sendvich panellar nafaqat issiqlikni saqlovchi balki shovqindan saqlovchi materialdir. Bunday panellardan nafaqat issiq bino va inshootlar, balki tovush o’tkazmaydigan devorlar ham quriladi.

Penopolistorolli sendvich panellarning sanab o’tilgan afzalliklaridan tashqari hamyonbop narxi unining o’ziga hos jihatidir.

PENOPOLIURETAN ISITGICHLI DEVOR SENDVICH PANELLARI

Devor sendvich panellar — yengil, uch-qatlamli panel, ikkita tashqi rux bilan ishlov berilgan va bo’yalgan (ximoya plyonkasi qoplangan) qatlam va isitgich qatlamlari qattiq penopoliuretandan iborat (PUR).

Devor sendvich panellar qo’rg’onlovchi konstruksiya sifatida turli ixtisosliklar uchun mo’ljallangan binolar qurishda ishlatiladi, sovutgich kameralarini montaj qilishda va sanoat ombor-muzlatgichlarida, shuningdek devor va shift paneli sifatida foydalanish mumkin.

Tuzilishi:

Qat’iy sifat nazorati va yong’in xavsizligi, sanitar-epidimiologik hamda gigiyenik talablarga javob berish peshqadam pozitsilalarni egallashini ta’minlaydi. Devor panel uch-qatlamli konstruksiyadan iborat. Panelning tashqi qatlamlari ximoya qoplamasi hamda hoshiyani o’z ichiga oladi.

Panel hoshiyasi sifatida rux bilan ishlov berilgan 0,44 mm qalinlikdagi polimer qoplamali yoki qoplamasiz polat list ishlatiladi. 50 mkm qalinlikdagi maxsus plyonka sendvich panel yuzasini yetkazib berish va o’rnatish vaqtida shikast yetishidan saqlaydi, o’rnatilgandan so’ng oson olib tashlanadi.

Ichki qatlam listlar orasidagi bo’shliqdan iborat ekanligi sabab, bo’sh joy yuqori sifatli issiqlik saqlovchi hom ashyo — penopoliuretan (PUR) bilan to’ldirilgan.

Devor sendvich-panellar dizayni

  • Asosiy parametrlari:
  • Yuzasi — silliq yoki ishlov berilgan
  • To’ldiruvchi — penopoliuretan
  • Eni — 960mm yoki 1160mm
  • Uzunligi — 6 000 mmgacha
  • Qalinligi — 50 mm, 75 mm, 80 mm, 100 mm, 120 mm, 150 mm, 200 mm.

Bizning mijozimizga aylanish

Men shaxsiy ma’lumotlarimni qayta ishlashga rozilik beraman

Ariza qoldirish