Devor sendvich panellar — yengil, uch-qatlamli panel, ikkita tashqi rux bilan ishlov berilgan va bo’yalgan (ximoya plyonkasi qoplangan) qatlam va isitgich qatlamlari qattiq penopoliuretandan iborat (PUR).
Devor sendvich panellar qo’rg’onlovchi konstruksiya sifatida turli ixtisosliklar uchun mo’ljallangan binolar qurishda ishlatiladi, sovutgich kameralarini montaj qilishda va sanoat ombor-muzlatgichlarida, shuningdek devor va shift paneli sifatida foydalanish mumkin.
Qat’iy sifat nazorati va yong’in xavsizligi, sanitar-epidimiologik hamda gigiyenik talablarga javob berish peshqadam pozitsilalarni egallashini ta’minlaydi. Devor panel uch-qatlamli konstruksiyadan iborat. Panelning tashqi qatlamlari ximoya qoplamasi hamda hoshiyani o’z ichiga oladi.
Panel hoshiyasi sifatida rux bilan ishlov berilgan 0,44 mm qalinlikdagi polimer qoplamali yoki qoplamasiz polat list ishlatiladi. 50 mkm qalinlikdagi maxsus plyonka sendvich panel yuzasini yetkazib berish va o’rnatish vaqtida shikast yetishidan saqlaydi, o’rnatilgandan so’ng oson olib tashlanadi.
Ichki qatlam listlar orasidagi bo’shliqdan iborat ekanligi sabab, bo’sh joy yuqori sifatli issiqlik saqlovchi hom ashyo — penopoliuretan (PUR) bilan to’ldirilgan.
Devor sendvich-panellar dizayni