Penoplast bu qulay, kam-chiqim, tejamkor va toksik bo’lmagan g’ovakli strukturaga ega xom-ashyo, o’zini tashqi tarafdan isituvchi, yahshi xom-ashyo sifatida tanilgan. Penopolistiroldan tayyorlangan sendvich panellar, nisbatan yengil vaznga ega, tom qurishda bu eng muhim omildir (butun tom konstruksiyasidagi bosimni kamaytiradi) va tabiiy-ki qurish jarayonini osonlashtiradi. Tom sendvich-panelining, vaznining kamligi, namlik o’tkazmaydigan va mustaxkam xom-ashyoni talab etuvchi inshoot konstruksiyalari uchun beqiyosdir. Penoplast sendvich panellari montaj ishlarini olib borishning soddaligini ta’minlaydi.
Metaldan yasalgan penopolistirol isitgichli tom sendvich-panellar deyarli namlik o’tkazmaydi, chirimaydi, siqilishga chidamlilik bo’yicha ijobiy ko’rsatkichga ega, nisbatan yengil vaznga ega.
Aynan shu sababga ko’ra ulardan namligi yuqori binolarni qurishda foydalaniladi (avtomobil yuvish shaxobchalarida, oziq-ovqat maxsulotlarini qayta ishlash ustaxonasi, go’sht, baliq, parranda va h.k.), turli savdo obyektlari, vaqtinchalik inshootlar (qurilish shtablari, maishiy shaxarchalar va h.k.)
Panellarni montaj qilishda ko’tarma mexanizmlardan foydalanmagan holda yoki minimal yuk ko’tarish quvvatiga ega texnikadan foydalanish. Penopolistiroldan tayyorlangan metal tom yopish uchun sendvich panellari — bu shuningdek mustaxkam material bo’lib, issiqlik o’tkazish ko’rsatkichlari past bo’lgan xom-ashyodir.